- Matbuot markazi
- “Garant bank” sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
1-sentabr – ozodlik, milliy birlik va xalqimiz faxrining ramzidir. Bu ulug‘ sana bizni nafaqat Vatanimizni asrab-avaylash, balki uning yutuqlarini kelajak avlodlar uchun yanada mustahkamlashga undaydi.
Mustaqillik mamlakatimiz iqtisodiyoti va moliya tizimining rivoji uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. «Garant bank» bank sohasi taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib, zamonaviy mahsulot va xizmatlar orqali fuqarolar hamda biznesning kelajakka ishonch bilan qarashiga ko‘maklashmoqda.
Biz birgalikda zamonaviy, qudratli va taraqqiy etgan O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz. Har bir xonadoningizda tinchlik, totuvlik va farovonlik bo‘lsin, kelajagimiz esa yutuqlar va zafarlarga boy bo‘lsin.
Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar! Mustaqillik kuni qutlug‘ bo‘lsin!