- Matbuot markazi
- Garant bank o’lchovli oltin quymalarni sotishni boshladi
Garant bank mamnuniyat bilan o’z investitsiyaviy mahsulotlari assortimentini kengaytirayotganligi to’g’risida e’lon qiladi. Endilikda siz og’irligi 5, 10, 20, 50 va 100 gramm bo’lgan, 999,9 soflikdagi o’lchovli oltin quymalarni xarid qilib olishingiz mumkin. Quymalar maxsus himoya qadoqlarida muomalaga chiqarilgan. Qadoq sertifikat vazifasini bajaradi va u o’z seriya raqamiga ega.
Sotish va qaytarib sotib olish narxlari har kuni oltinning jahon bozoridagi narxi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan marja/chegirma asosida shakllanadi. Milliy valyutadagi joriy narxlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki veb-saytida e’lon qilinib boriladi.
Oltin quymalarning muomalada mavjudligi, narxi va ularni sotib olish shartlari bo’yicha batafsil ma’lumot uchun 1326 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qiling.