- Matbuot markazi
- Endi Garant bank mobil ilovasida eskrou hisobvaraǵini onlayn oçiş mumkin
Garant bank masofaviy bank xizmatlari imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Bankning mobil ilovasida yangi xizmat — eskrou hisobvaraǵini onlayn oçiş imkoniyati paydo bóldi.
Endilikda mijozlar kóçmas mulk yoki avtomobil xarid qilişda bank ofisiga bormasdan, bevosita mobil ilova orqali eskrou hisobvaraǵini oçişlari mumkin.
Eskrou hisobvaraǵi — xaridor va sotuvçi órtasida xavfsiz hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun móljallangan maxsus bank hisobvaraǵi. Pul mablaǵlari uşbu hisobvaraqqa joylaştiriladi va bitimda belgilangan şartlar bajarilgandan sóng sotuvçiga ótkaziladi.
Yangi xizmatning afzalliklari:
• Bankka bormasdan hisobvaraqni onlayn oçiş.
• Mobil ilova orqali qulay rasmiylaştiriş.
• Kóçmas mulk yoki avtomobil xarid qilişda xavfsiz hisob-kitoblarni amalga oşiriş.
Xizmatdan foydalaniş uçun Garant bank mobil ilovasini oçing va «Eskrou» bólimini tanlang.
Ilovani yuklab oliş:
Google Play | App Store
Qóşimça ma’lumotni 1326 qisqa raqami yoki garantbank.uz sayti orqali olişingiz mumkin.