- Matbuot markazi
- Garant bank va StoneX xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Garant bank va xalqaro moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi StoneX kompaniyasi vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar yevroobligatsiyalar (Eurobonds) bilan operatsiyalar, valyuta operatsiyalari (FX), qimmatbaho metallar bilan operatsiyalar hamda transchegaraviy to‘lovlar (cross-border payments) sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Ushbu uchrashuv Garant bank’ning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda bank mijozlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.