Yangilangan: 20.03.2024

Uyali aloqa operatorini o'zgartirganda qayta ro'yxatdan o'tishga hojat yo'q

Hurmatli mijozlar!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3724-son qarori bilan boshqa mobil operatorga o'tishda mobil tarmoq abonentining telefon raqamini saqlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi belgilangan.

"Garant bank" AJ mijozlari telefon raqamini saqlash tartibi bilan uyali aloqa operatorini o'zgartirganda, "Garant Mobile" mobil ilovasidan foydalanish uchun qayta ro'yxatdan o'tishga hojat bo'lmasligini xabar beradi. SMS-ogohlantirishlar muntazam ravishda kelishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma'lumotni 1326 qisqa raqamidan olish mumkin.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия