- Matbuot markazi
- «Garant bank» AJning ustav kapitali oshirilganini e’lon qilamiz!
Bank ustav kapitali 120 mlrd. so‘mga oshirilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yilgan talablarga muvofiq 350 mlrd. so‘mga yetkazildi.
Ustav kapitalining oshishi bankka yanada ko‘proq yangi imkoniyatlarni ochib beradi, bu mijozlarga keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etish va ishonchlilikni mustahkamlash imkonini beradi. Shuningdek, bu yangi moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar sifatini oshirishga zamin yaratadi.
Biz bildirilgan ishonchingiz uchun minnatdorchilik izhor etamiz va sizga yaxshi moliyaviy yechimlarni taqdim etishga intilamiz.
Garant bank — hayot uchun, biznes uchun.