- Matbuot markazi
- “Yagona MFO” joriy etish
Hurmatli “Garant bank ” АJ mijozlari,
Filiallarimiz tarmogʼini “Yagona MFO” tizimiga oʼtkazish jarayoni boshlangani haqida xabar beramiz. Bu jarayonda bankning barcha filiallarini yagona kod (00439) bilan birlashtirish koʼzda tutilgan.
2024 yil 6 sentabrdan boshlab “Yagona MFO” barcha filial va BXMlarda joriy etiladi.
Muhim:
* Filiallar manzillari joriy etilgandan soʼng, xizmat koʼrsatish shartlari va tuzilgan shartnomalar oʼzgarishsiz qoladi.
* “Yagona MFO” texnologiyasi toʼlov tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi.
* Mijozlarning joriy hisobvaraqlarini boshqarish kaliti va MFO oʼzgartiriladi. Yangi rekvizitlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar koll-markaz, filiallarda, shuningdek, bankning barcha mavjud xizmat koʼrsatish kanallari orqali xabar beriladi.
Texnik ishlar munosabati bilan:
* 2024 yil 6 sentabr kuni filiallar mijozlar bilan 18:00 gacha, bankdan tashqari joylashgan kassalar esa 13:00 gacha ishlaydi.
* 2024 yil 6 sentabrdan 9 sentabrgacha bankomat va terminallar faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar boʼlishi mumkin.
* Valyuta ayirboshlash shoxobchalari 6 sentabr kuni faoliyat kursatmaydi.
* Mijozlarga masofadan xizmat koʼrsatish tizimlari vaqtincha ishlamaydi.
* Quyidagi BXMlar 6 sentabr kuni jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʼrsatmaydi:
1. BXM «Yangi hayot» - Toshkent sh., Yangihayot tumani, Yangi Turmish MFY, Yangi turmush koʼchasi, 21 uy;
2. BXM «Navruz» - M.Ulugʼbek tumani, MFY Аhillik, Buyuk ipak yoʼli koʼchasi, 479 uy;
3. BXM «Bek Baraka» - Zangiota tumani, Iqbol MFY, Bek Baraka savdo majmuasi;
4. BXM «Chirchiq» - Chirchiq shahri, А.Navoiy shoh koʼchasi, Xiyobonda joylashgan;
5. BXM «Ulugʼbek» - Samarqand viloyati, Oʼrtashiq MFY, Registon koʼchasi, 34 uy;
6. BXM «Jomboy» - Samarqand viloyati, Jomboy tumani, MFY Guliston, Zebiniso koʼchasi, 3 uy;
7. BXM «Urgut» - Samarqand viloyati, Urgut shahar, Navoiy 4 uy;
8. BXM «Soʼgʼdiyona» - Kattaqoʼrgʼon tumani, M.Ulugʼbek MFY, А.Navoiy koʼchasi, 2 uy;
9. BXM «Chelak» - Chelak shahri, Toshxovuz MFY, Samarqand koʼchasi 2 uy;
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz.
Qoʼshimcha maʼlumotlar:
* Bank sayti va mobil dasturidagi yangilanishlarni kuzatib boring.
* Savollar yuzaga kelgan taqdirda, koll-markazga murojaat qiling.