- Matbuot markazi
- "GARANT BANK" AKTSIYADORLIK JAMIYATI NAVBATDAN TASHQARI AKTSIYADORLAR UMUMIY YIG'ILISHI O'TKAZILISHINI MA'LUM QILADI
Kun tartibi:
1. Bank aktsiyadorlari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash to'g'risida.
2. Bank aktsiyadorlari umumiy yig'ilishi sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash to'g'risida.
3. Bank boshqaruvi raisini tasdiqlash to'g'risida.
4. Bank Kuzatuv kengashi a'zolari vakolatini muddatidan oldin tugatish va Kuzatuv a'zolarini saylash to'g'risida.
5. E'lon qilingan aktsiyalar miqdorini belgilash hamda Ustavga kiritilgan o'zgartirishlarni tasdiqlash to'g'risida
6. Bank tashqi auditorini tasdiqlash va uni xizmat haqining eng yuqori miqdorini belgilash to'g'risida.
7. Bank Kuzatuv kengashi a'zolarini rag'batlantirish to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash (yangi tahrirda) to'g'risida.
8. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash (yangi tahrirda) to'g'risida.
Yig'ilish 2024 yil 6 dekabr kuni soat 11-00da Toshkent shahri, S.Baraka ko'chasi 78-uyda o'tkaziladi.
Umumiy yig'ilishda qatnashish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar ro'yxati 2024 yil 2 dekabr kuni holatiga tuziladi.
Yig'ilish qatnashchilari 2024 yil 6 dekabr kuni soat 10.00 dan 10.45 gacha ro'yxatga olinadi.
Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishga doir materiallar bilan Toshkent shahri S.Baraka ko'chasi 78-uyda joylashgan Garantbankning Bosh ofisida tanishishlari mumkin.
Elektron pochta manzili: info.garantbank@uz, veb sayti: www.garantbank.uz.
Aktsiyadorlar hamda ularning vakillaridan yig'ilishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
KUZATUV KENGASHI
Ma'lumot uchun telefonlar: 71-256-41-55