- Matbuot markazi
- "Garant bank" AJ'da timbilding
"Garant bank" AJ o‘zining dinamik jamoasi kengayishi va yangi xodimlarning inoq oilamizga qo‘shilishi sharoitida samarali jamoa shakllantirishga qaratilgan timbilding tadbirini o‘tkazishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
2025-yil 23-iyulda "Galstuksiz uchrashuv" nomi ostida noyob jamoa shakllantirish tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir ichki aloqalarni mustahkamlash, ijobiy muhit yaratish va hamkasblar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Dasturga qiziqarli o‘yin elementlari kiritilgan bo‘lib, ular har bir ishtirokchiga norasmiy vaziyatda o‘z iste’dodini namoyon etish va fikrlarini erkin bildirish imkonini berdi.
O‘tkazilgan faoliyatlar orasida Scrum-minorasi qurilishi ham bor edi. Bu nafaqat Agile metodologiyasini chuqurroq tushunishga, balki jamoani amalda jipslashtirishga ham imkon berdi. Bundan tashqari, ishtirokchilar turli viktorinalarda o‘z bilimlarini namoyish etishdi, bunda har bir kishi o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini topdi. Tadbir yakunida xodimlarimiz va ularning jamoalari erishgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni ta’kidlash maqsadida mukofotlash uchun nominatsiyalar e’lon qilindi.
Bundan tashqari, jamoaviy intilish va maqsadlarimizning ramziga aylangan virtual raqamli "Orzular banki" tashkil etildi. Ushbu loyiha eng dadil g‘oya va istaklarni aks ettirib, kelajakdagi loyiha va tashabbuslarni muhokama qilish uchun maydon yaratadi.
Biz ishonch hosil qildikki, ushbu timbilding jamoaviy ruhni mustahkamlashda va qulay hamda samarali ish muhitini yaratishga ko‘maklashishda muhim qadam bo‘ldi.