- Matbuot markazi
- Garant bank’da Uzcard kartasini rasmiylashtiring va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling
Garant bank UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlikda mijozlar uchun “Omadli to‘lov” aksiyasini e’lon qiladi.
2026-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha bo‘lgan davrda Garant bank’da Uzcard kartasini rasmiylashtirgan jismoniy shaxslar qimmatbaho sovg‘alar o‘yinida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Aksiyada bank tomonidan chiqariladigan barcha turdagi Uzcard kartalari ishtirok etadi, jumladan:
— klassik kartalar;
— kobeyjing kartalar;
— ish haqi kartalari;
— hamda Garant bank tomonidan emissiya qilinadigan boshqa Uzcard kartalari.
Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
— aksiya davrida Uzcard kartasini rasmiylashtirish;
— Garant bank mobil ilovasi yoki bank bankomatlari orqali moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish.
Quyidagi operatsiyalar aksiya doirasida hisobga olinadi:
— P2P o‘tkazmalari;
— Garant bank bankomatlari orqali naqd pul yechish amaliyotlari.
Har bir 500 000 so‘mlik umumiy operatsiyalar hajmi uchun ishtirokchiga avtomatik ravishda 1 ta imkoniyat taqdim etiladi. Aksiya davridagi operatsiyalar hajmi qancha yuqori bo‘lsa, g‘olib bo‘lish imkoniyati shuncha ortadi.
G‘oliblar aksiya shartlarini bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi. Jonli efirdagi o‘yin 2026-yil 16-sentyabr kuni Garant bank’ning rasmiy Instagram sahifasida o‘tkaziladi. O‘yinda ishtirok etish uchun bankning rasmiy Instagram sahifasiga obuna bo‘lish talab etiladi.
Aksiya sovrin jamg‘armasi:
— iPhone 17 Pro Max — 3 nafar g‘olib;
— Apple Watch Series 10 — 3 nafar g‘olib;
— AirPods 4 — 3 nafar g‘olib.
Aksiyada ishtirok etish uning shartlariga rozilik bildirilganini anglatadi. Aksiyani o‘tkazish tartibi, o‘yin vaqti hamda rasmiy qoidalar haqida batafsil ma’lumot bankning rasmiy resurslarida qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.