- Matbuot markazi
- Garant bank Samarqand BXOda “Sayyor qabul” bo‘lib o‘tdi
Garant bank Samarqand BXOda bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari H. Imomaliyev ishtirokida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari uchun “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar, tadbirkorlar va tashkilot vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ishtirokchilar bank xizmatlari, mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan bog‘liq savol, taklif va murojaatlari bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Qabul yakunlari bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va zarur choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ul bo‘linmalarga tegishli topshiriqlar beriladi.
Bunday sayyor qabullar aholi va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni mustahkamlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga xizmat qiladi.