Yangilandi: 14.05.2026

Garant bank Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Karyera kunida ishtirok etdi

14-may kuni Garant bank Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan Karyera kunida ishtirok etdi.

Tadbir talaba-yoshlar, bitiruvchilar hamda mamlakatning yetakchi kompaniyalari vakillarini birlashtirib, yosh mutaxassislar uchun dolzarb bo‘sh ish o‘rinlari, stajirovka dasturlari va karyera imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi.

Karyera kuni doirasida Garant bank vakillari bank sohasidagi professional rivojlanish imkoniyatlari, bank faoliyatining dolzarb yo‘nalishlari, shuningdek yosh mutaxassislar va talabalar uchun mo‘ljallangan dasturlar haqida ma’lumot berdilar.

Bunday tadbirlarda ishtirok etish bankning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, professional hamjamiyatni rivojlantirish hamda iqtidorli mutaxassislarni jalb etish borasidagi muhim faoliyat yo‘nalishlaridan biridir.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona

So‘rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga rozi bo‘lsangiz, biz minnatdor bo‘lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So‘rovnomani to‘ldirish
So‘rovnoma