- Matbuot markazi
- Bugun biz muhim yubileyni nishonlayapmiz — siz bilan 30 yil!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-martdagi PF-794-sonli farmoni bilan 1994-yilning 12-mayida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankida 42 raqami ostida ro‘yxatga olingan «Savdogar» savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlash aksiyadorlik-tijorat banki yo‘limizning asosi bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan biz o‘zgarishlarni amalga oshirdik, ammo bizning vazifamiz o‘zgarishsiz qoldi.
2022-yilda biz mijozlarimiz — xalq va tadbirkorlarga yanada yaqinroq bo‘lish uchun rebrending o‘tkazdik. Bugun biz o‘z faoliyatimizni «Garant bank» AJ nomi ostida g‘urur bilan davom ettirmoqdamiz va mijozlarimizga xuddi shunday ishtiyoq hamda professionallik bilan xizmat qilishda davom etmoqdamiz.
Ushbu faoliyat yo‘li yutuqlar, qiyinchiliklar va g‘alabalarga to‘la bo‘ldi, buning uchun biz barchangizdan minnatdormiz hamda siz bilan faxrlanamiz.
Fidoyiligingiz va mehnatsevarligingiz uchun tashakkur. Birgalikda biz har qanday to‘siqlarni yengib, yangi marralarni zabt eta olamiz!