Yangilandi: 04.09.2026

Garant bank ISIC taqdimotini o‘tkazdi va Malaka oshirish instituti doktorantlari uchun kartalar chiqardi

Garant bank Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Garant bank talabalar kartasi, xalqaro ISIC guvohnomasi hamda O‘zbekiston va xorijda mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, doktorantlar dasturning barcha afzalliklaridan foydalanishlari uchun ularga Humo va Mastercard asosidagi ISIC-kartalar rasmiylashtirildi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona