- Matbuot markazi
- UZCARD KIDS bilan Toshkent hayvonot bog‘iga bepul kirish imkoniyati
1-oktabrdan 1-noyabrgacha UZCARD Toshkent hayvonot bog‘i bilan hamkorlikda oilaviy dam olish oyligini o‘tkazmoqda.
Aksiya doirasida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar UZCARD KIDS kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda Toshkent hayvonot bog‘iga bepul tashrif buyurishlari mumkin. Boshqa istalgan UZCARD kartasi orqali bolalar chiptasi uchun to‘lov amalga oshirilganda esa 40% chegirma taqdim etiladi.
Bir karta orqali kuniga chegirma bilan ikki nafargacha bola uchun chipta xarid qilish mumkin.
Shuningdek, dam olish kunlari bolalar uchun turli mahorat darslari, ko‘ngilochar dasturlar, mini-kvestlar, akvagrim va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Aksiya oilaviy dam olishni yanada maroqli va foydali o‘tkazish hamda UZCARD kartalari afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.
Batafsil ma’lumot uchun: 1326