Yangilandi: 21.10.2026

Garant bank va AUT ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda

Garant bank va American University of Technology (AUT) ta’limga oid tashabbuslarni rivojlantirish hamda talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Uchrashuv davomida tomonlar talabalar uchun xalqaro ISIC, o‘qituvchilar uchun esa ITIC kartalarini chiqarish, moliyaviy savodxonlik va kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’ruza hamda treninglar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, talabalarning Garant bank’da amaliyot o‘tashi va bank xodimlari uchun universitetda o‘quv dasturlarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur hamkorlik bank sohasidagi amaliy tajriba va akademik bilimlarni birlashtirib, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning kasbiy rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Garant bank ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni izchil kengaytirib, yoshlar rivoji va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar